Kompyuter uchun dastur
TunkaForm endi kompyuteringizda
Mac va Windows uchun alohida dastur. Brauzer ochmasdan, bitta bosishda ish joyingizga kirasiz.
Dastur nima beradi?
Alohida oyna
Dock yoki taskbar'da o'z belgisi bor. Brauzer tablari orasida yo'qolmaydi, bir bosishda ochiladi.
Ma'lumotlar himoyasi
Dastur oynasini skrinshot, ekran yozuvi yoki ekran ulashishda ko'rib bo'lmaydi.
O'zi yangilanadi
Yangi versiya chiqsa, dastur uni fonda yuklab oladi va qayta ishga tushirishni taklif qiladi.
Tanish ish joyi
Zakazlar, kalkulyator, ombor va kassa saytdagidek. Qayta o'rganish shart emas.
O'rnatish
Mac
macOS 13 Ventura yoki yangiroq- 1Yuqoridagi tugma bilan .dmg faylni yuklab oling va oching.
- 2TunkaForm belgisini Applications papkasiga torting.
- 3Launchpad yoki Applications papkasidan TunkaForm'ni oching.
Faylni Telegram orqali yubormang: macOS Telegram'dan olingan dasturni ochmaydi. Har doim shu sahifadan yuklab oling.
Windows
Windows 10 yoki 11, 64-bit- 1Yuqoridagi tugma bilan setup .exe faylni yuklab oling va ishga tushiring.
- 2“Windows protected your PC” oynasi chiqsa, “More info”, so'ng “Run anyway” tugmasini bosing.
- 3Dastur o'zi o'rnatiladi va ochiladi. Ish stolida TunkaForm belgisi paydo bo'ladi.